TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 2017-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan Qarorgohi "Arg" saroyida qabul qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston tashqi ishlar matbuot xizmati.
20 Yanvar 2017, 18:37
"Vazir Afg‘oniston Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi qayd etilgan shaxsiy maktubini yetkazdi", — deyiladi xabarda.
Muloqot davomida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvda o‘zaro ahamiyat kasb etadigan xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.