Rossiya mingdan ziyod shaxslarga Interpol orqali qidiruv e’lon qildi

INTERPOL logotipi
INTERPOL logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Moskva, shuningdek, Interpolning yangi "Soatsoz" loyihasiga qo‘shildi. Loyiha qo‘lbola portlovchi moddalarni tayyorlovchilarga qarshi qaratilgan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya hukumati terrorda ayblanayotgan mingdan ziyod odamlarga qidiruv e’lon qildi, deb xabar qilgan RIA Novosti Rossiya Ichki ishlar vazirligining Interpol Milliy markaziy burosi rahbari Aleksandr Prokopchukdan olingan ma’lumot asosida.

Xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya 2016-yilda Interpolning yangi "Soatsoz" deb nomlangan loyihasiga qo‘shilgan. Loyiha qo‘lbola portlovchi moddalarni tayyorlovchilarga qarshi qaratilgan.

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi
Prokopchuk so‘zlariga ko‘ra, Interpol bilan hamkorlik huquqni muhofaza qilish organlariga o‘zaro zudlik bilan ma’lumot almashish imkonini bermoqda.

"Kipr Interpol Milliy markazi burosi bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyatimiz natijasida, teraktlar haqida bir necha bor yolg‘on xabar tarqatgan rossiyalik shaxsi identifikatsiya qilindi. Jinoyatchi Larnaka aeroporti, Armaniston, Qozog‘iston va Belorussiya hukumat organlari obyektlarini portlatish bilan tahdid qilgan", — deb aytgan Prokopchuk.

Rossiya Interpol rahbari shuningdek, Interpol keyingi vaqtlarda terrorchilarni internetdan "uzoqlashtirish" ustida olib borilayotgan ishlarga katta e’tibor qaratayotganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Interpol — dunyodagi eng yirik politsiya uyushmasidir. So‘nggi vaqtlarda jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi bu xalqaro tashkilot o‘z axborot bazasini kengaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Yangiliklar lentasi
0