Firibgarlar O‘zbekiston bozorlarida 80 ming dollar soxta valyutani tarqatib yuborishgan

Obuna bo‘lish
Turkiyada istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi Unsin Rahimova kuryer orqali Namangan viloyatida yashovchi aka-ukalariga soxta dollarlar yuborib turgan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Andijon shahri prokuratura xodimlari tomonidan mamlakatga Turkiyadan soxta dollarlarni olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" axborot portali.

Quyma oltin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan 5 kilo tilloni olib chiqib ketishga uringan jinoyatchilar qo‘lga olindi

O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, hozirda Turkiyada yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi Unsin Rahimova kuryer orqali Namangan viloyatida yashovchi aka-ukalariga soxta dollarlarni yuborib turgan.

Firibgar ayol tomonidan, umumiy hisobda, O‘zbekistonga 80 ming soxta Amerika dollari o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Unsin Rahimovaning sheriklari soxta valyutalarni mahalliy bozorlarda mayda-mayda partiyada asl dollarlarga almashtirishgan.

Jinoiy guruh a’zolarining biri Andijon viloyatidagi tumanlarning birida militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, puxta o‘ylangan sxem, va nihoyat barbod bo‘ldi. Tez orada jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham hibsga olindi. Jinoyatchilarning barchasi ozodlikdan mahrum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0