Korrupsiyaga qarshi maxsus komissiya tashkil etiladi

© Foto : janeb13Rukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi komissiya tashkil qilishda Norvegiya va Singapur tajribasi o‘rganib chiqiladi. Komissiya sohadagi surunkali muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda muassasalararo korrupsiyaga qarshi komissiya tashkil qilish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Bosh prokuratura matbuot kotibi Umid Muxammedov.

Bunga taaluqli bo‘lgan qonun loyihasi 2017-yilning birinchi choragida ishlab chiqarilishi kerak. Muhammedovning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda turli sohalarda ushbu kabi komissiyalar allaqachon faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, shunday komissiyalara odam savdosi va voyaga yetmaganlar bilan ishlash sohalarida tashkil qilingan.

Konvertdagi valyuta - Sputnik O‘zbekiston
Statistika qo‘mitasi korrupsiya bo‘yicha kuzatuv o‘tkazmoqda

“Birinchidan, biz korrupsiyaga qarshi aynan qanday hukumat organlari kurashishini aniqlashimiz kerak. Ya’ni ushbu muassasalar ro‘yxatini tashkil qilishimiz kerak va ushbu ro‘yxatga jamoat tashkilotlari vakillari ham albatta kiritilgan bo‘lishi kerak. Undan keyin biz kim nima uchun javobgar ekanligini belgilab olishimiz kerak. Umuman olganda, ushbu ishlar rejalashtirilgan va ayni damda mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda” – dedi Prokuratura vakili.

Yuqoridagilardan tashqari, ushbu komissiya tashkil qilishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqildi. Xususan, Norvegiya va Singapur tajribasi. Ushbu mamalkatlarda korrupsiya darajasi o‘ta sust hisoblanadi.

Bugun, ko‘pchillik ushbu komissiya faoliyati va uning vakolatlari haqida noto‘g‘ri fikrga ega. Ular komissiya korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni aniqlab ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan shug‘ullanadi deb o‘ylashadi. Aslida esa, bunday ishlar bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘limlar IIV va Prokuratura tarkibida allaqachon ishlamoqda.

“Korrupsiyaga qarshi muassasalararo komissiya ushbu sohada mavjud bo‘lgan surunkali muammolarni aniqlash,  qonunchilik aktlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda mansabdor shaxslar orasida halol mehnat qilishni targ‘ib qiluvchi aniq takliflar kiritish bilan shug‘ullanadi”, — dedi  Umid Muxammedov.   

Prokuratura vakili aytishiga qaraganda, komissiya, shuningdek, davlat apparati xodimlarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. “Davlat apparati va huquqni saqlash organlari dunyoqarashi o‘zgarmas ekan,  biz natijaga erisha olmaymiz”, — dedi Bosh prokuratura vakili.

Korrupsiyaga qarshi yangi komissiya dasturi muddati – ikki yil bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0