TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2017-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda bo‘lajak turli darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va mavzusi yuzasidan fikr almashilgan.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlarining topshiriqlari nuqtayi nazaridan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.