O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

© MID RUzO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi TIV rahbari Erlan Abdildayev bilan
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi TIV rahbari Erlan Abdildayev bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. 2016-yilning 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

O‘zbekistondagi chegara-nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
O‘n bir yillik tanaffus: O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarining qayta jonlanishi
Xabarda aytilishicha, suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi O‘zbekiston- Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlangan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolangan.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0