O‘zbekiston 5-yilda 7,7 mlrd $ kredit olishni rejalashtirgan

© Sputnik / StringerOsiyo Taraqqiyot banki
Osiyo Taraqqiyot banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati yaqin 5-yil ichida Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki va Islom Taraqqiyot banklaridan 8 mlrd dollarga yaqin kredit olishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2017 — 2021-yillar davomida turli loyihalarni amalga oshirish uchun 7,7 mmlrd dollar kredit oladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"O‘zbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaror qilgan. 2022-yilga qadar xalqaro moliya tashkilotlaridan 7,7 mlrd dollardan ko‘p miqdorda kredit olish rejalashtirilgan", — dedi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilov O‘zbekiston rivojlanish strategiyasiga bag‘ishlangan media-haftaligida.

Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan 2017-2021 yillar davomida O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi besh asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi:

Xitoy Xalq Respublikasi bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy O‘zbekistonga 2,7 milliard dollar kredit ajratadi
tashqi siyosat, davlat boshqaruvini va sud-huquq tizimini zamonaviylashtirish, iqtisodni erkinlashtirish va ijtimoiy sohalarda islohotlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-2020 yillarda Jahon bankidan 3 milliarda dollar mablag‘ evaziga 27 loyiha amalga oshirish. 2019-yilda Osiyo Taraqqiyot bankidan 3,7 milliar dollar kredit evaziga 25 loyiha amalga oshirish va 2017-2019 yillar davomida Islom Taraqqiyot bankidan 1 milliard dollar olish rejalashtirilgan.

Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlardan hukumat kafolati bilan olinadigan mablag‘ 1,339 milliarda dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0