Mirziyoyev qator tashkilotlarga yoshlar tarbiyasiga oid topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika baynalmilal madaniyat markazi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda yoshlar tarbiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlanganini e’tirof etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Bobur" bog‘ini "Do‘stlik" bog‘iga aylantirishni taklif qildi
"Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi", dedi o‘z nutqida Mirziyoyev.

Shundan so‘ng u hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib borayotgani, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarayotgani, bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanayotganini aytdi.

Prezidentga ko‘ra, ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash zarurligi muhim ahamiyat kasb etadi.

"Shu munosabat bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa ko‘plab tashkilotlar yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi zarur. Bu bugun barchamiz uchun hayotiy muhim vazifadir", — dedi Mirziyoyev.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boylik bo‘lgan — ko‘p millatli xalq birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir.

Yangiliklar lentasi
0