TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifni kuni kecha Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati o‘tkazilgan uchrashuvda kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
U shuningdek, mazkur binoni rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirishni ko‘zda tutadigan tegishli hukumat qarori qabul qilinishini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston Bosh vaziri A.N.Aripov tegishli idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda mazkur bog‘ hududida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha elu elat vakillarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va pazandachilik an’analarini namoyish etishi uchun pavilonlar barpo qilish loyihasini ishlab chiqishi buyurilgan.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan ushbu taklif yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qarshi olingan.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida, eski hayvonot bog‘ining o‘rnida qurilayotgan yangi istirohat bog‘iga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi beriladi.