Tataristonda aviazavodni portlatmoqchi bo‘lgan terrorchilar ushlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFSB
FSB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular yirik miqdordagi o‘g‘irlik, yashirin ravishda uchar jismlarni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Tatariston huquq-tartibot organlari respublikada, xususan Qozon aviatsiya zavodida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi, deb ma’lum qildi respublika ichki ishlar vaziri Artom Xoxorin.

"Maqsadi respublika hududida terakt uyushtirish bo‘lgan, Qozon aviatsiya zavodini portlatmoqchi bo‘lgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi", — dedi Xoxorin 2016-yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisda, deb xabar berdi RIA Novosti.

"FXX xodimlari bilan hamkorlikda Rossiyada taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" terrorchilik guruhiga og‘riqli zarbalar berildi, uning 30 nafar a’zosiga nisbatan 13ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular orasida Almetyevskdagi ayollar guruhining a’zosi va internet orqali rus tilida radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bilan shug‘ullangan Shvetsiyada istiqomat qilgan tataristonliklar bor", — dedi Xoxorin.

Tojikiston 400 nafar terrorchini qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Suriya hududida terrorchilik harakatlarida ishtirok etganlarga nisbatan 26ta jinoiy ish, ulardan 15tasi ichki ishlar xodimlari to‘plagan materiallar asosida qo‘zg‘atilgan".

"2016 yil oxirida FXX bilan hamkorlikda Qozondagi vertolot zavodi bilan qiziqib qolgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular yirik miqdordagi o‘g‘irlik, yashirin ravishda uchar jismlarni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullangan", — dedi Xoxorin.

"Bu ish jiddiy tekshiruvni talab qiladi. Barcha kanallar va yetkazib berilgan mahsulotlarni topish zarur", — deb ta’kidladi u.

Yangiliklar lentasi
0