TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston vakillari O‘zbekiston orqali Rossiyaga chiqish imkoniyatini beruvchi temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston "Tojik temir yo‘llari" DUK rahbari o‘rinbosari Usmon Qalandarovga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Turkmanistonni aylanib o‘tuvchi Dushanbe-Paxtaobod-Boysun-Qarshi-Toshguzar temir yo‘li haqida bormoqda. Qalandarovning aytishicha, agarda kelajakda mana shu yo‘nalish yo‘lga qo‘yilsa, yuk va yo‘lovchilarni tashish vaqti qisqaradi.
"Ushbu taklif o‘zbek tomoni tarafidan o‘rganilmoqda va o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bu boradagi qarorlarini ma’lum qilishadi", — dedi u.
Bundan tashqari, tomonlar temir yo‘l orqali yuklarni tashish tariflarini pasaytirish masalasini ham muhokama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l qatnovini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan, lekin tomonlar aniq kelishuvga erishishganicha yo‘q.
2011 yil noyabrda O‘zbekiston tomoni Amuzang-G‘alaba uchastkasidagi temir yo‘llarni eskirgani sababli olib tashlagan.
Keyingi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlari transport qatnovini tiklash bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari bundan 20-yil ilgari yopilgan M-39 trassasidagi avtomobil qatnovini tiklashga kelishib oldi. Tojikiston va O‘zbekiston Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi reyslarni tiklashga qaror qildi.