O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan media-haftalik boshlandi

Obuna bo‘lish
Media-haftalik dasturidan harakat strategiyasining beshta yo‘nalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida bo‘lib o‘tadigan brifing, matbuot anjumanlari, tok-shoular o‘rin olgan

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalik boshlandi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Buning uchun Toshkentda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus maydoncha tashkil qilindi. Bu yerda xususan, yuqori tezlikdagi internet, wi-fi aloqasi ta’minlangan 40ta kompyuter, press-kitlar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, mamlakatning nodavlat hududiy telestudiyalari, shuningdek, O‘zEOAVMA Yoshlar multimedia telekompleksi bilan onlayn bog‘lanishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Media-haftalik dasturidan mazmunan ikki qismga bo‘linadigan — Harakat strategiyasining beshta yo‘nalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida bo‘lib o‘tadigan brifing, matbuot anjumanlari, tok-shoular o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 2021-yilgacha rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi

Tayyorlangan barcha media materiallar mamlakatning nodavlat teleradiostansiyalari efirlari orqali tezkorlik bilan uzatib boriladi, shuningdek, internet OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

Media-haftalik ishtirokchi va mehmonlari ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli shaxslar va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari bo‘lishadi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, strategiya loyihasining har bir yo‘nalishi muhokamasi uchun bir kundan vaqt ajratiladi. Shu tarzda tadbir ishtirokchilari 23-yanvardan 27-yanvargacha O‘zbekiston kelajagi uchun muhim o‘rin tutuvchi hujjat bo‘yicha fikr almashib, muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, respublikada O‘zbekistonni rivojlantirishning besh yillik strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Hujjat davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini islohot va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy va tashqi siyosat sohasidagi islohotlarni o‘z ichiga oladi.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev strategiya loyihasi avvalo xalq qarashlari va manfaatlarini hisobga olgan holda hamda xalq bilan muloqotning amaliy isboti sifatida keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0