TOShKENT, 14 dek – Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
"Biz O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi", — deya iqtibos keltirmoqda RIA Novosti Mirziyoyevning parlament majlisida so‘zlagan nutqidan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dasturdan besh asosiy yo‘nalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari o‘rin oladi.
"Biz Vazirlar Mahkamasining ijroiya tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz", — dedi O‘zbekiston rahbari.
Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev 2017-yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqandi. O‘zbekistonning saylangan Prezidenti bugun Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida rasmiy qasamod qildi.