GM Uzbekistan avtombillarni onlayn sotadi

© Gazeta.uzGM Uzbekistan avtomobil zavodi
GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xaridorlar bilan onlayn aloqada bo‘lish, kompaniya taklif qilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga yordam beradi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. GM Uzbekistan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari oraqali xaridorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga qaror qildi, kompaniya rasmiy saytiga asosan

"GM Uzbekistan, UZINFOCOM, Inxa Universiteti, TATU va Turin politexnika universiteti orasida avtombillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish jarayonida axborot va kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish  haqida memorandum imzolashdi", — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Kompaniya aytishiga qaraganda, bunday hamkorlik kompaniya taklif qilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga

Avtokorxona payvandlash sexi - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan bozordagi soxta ehtiyot qismlardan ogohlantiradi
yordam beradi. Xususan, bo‘lajak loyihada xaridorlar yaqin masofada joylashgan avtomobil dilerlarini topish  va o‘z fikr mulohazalarini bildirishlari mumkin. Shuningdek loyihada keyinchalik avtomobillarni onlayn tarzda sotish ham ko‘zda tutilgan.

Loyihaning yana bir jihati O‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va aholi orasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu loyiha aholiga GM Uzbekistan tomonidan tadbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar haqida xabar qilib boradi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yuqorida aytib o‘tilgan OTMlar talabalari malaka oshirishga taklif qilinadi. Amaliyotlar yakunida eng munosib talabalar GM Uzbekistan kompaniyasiga ishga taklif qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0