GM Uzbekistan bozordagi soxta ehtiyot qismlardan ogohlantiradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAvtokorxona payvandlash sexi
Avtokorxona payvandlash sexi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan AJ sotuvdan keyingi xizmat direksiyasi vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga soxta ehtiyot qismlar turlari va ulardan foydalangan haydovchilar qanday tavakkalga qo‘l urayotganliklari haqida gapirib berdi

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugungi kunda avtomobil ehtiyot qismlari bozorida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan jiddiy tahdid mavjud. Bu keyingi paytda bozorni shiddat bilan to‘ldirayotgan soxta ehtiyot qismlar muammosidir. GM Uzbekistan AJ sotuvdan keyingi xizmat direksiyasi vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga soxta ehtiyot qismlar turlari va ulardan foydalangan haydovchilar qanday tavakkalga qo‘l urayotganliklari haqida gapirib berdi.

Hayot uchun xavfli

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. U dilerlik markazlarini barcha ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydi. Kompaniya mijozlar ehtiyojini qondirish maqsadida yiliga 120 ming dona kuzov detallari, jumladan yig‘ilgan kuzovlar ishlab chiqaradi.

"Bozor xususiyatlarini inobatga olib mijozlar murojaatlarini o‘rganib chiqdik va ko‘p muammolar bizning emas, ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan xorijdan keltirilgan soxta ehtiyot qismlar tufayli paydo bo‘layotganini aniqladik. Tabiiyki, bunday ehtiyot qismlar sifat talabiga javob beradi va haydovchi xavfsizligiga tahdid soladi. Odatda soxta detallar ancha arzon narxda sotiladi. Sotuvchilar shu orqali xaridorni chalg‘itadilar. Narxdagi tafovutga uchgan xaridor vijdonsiz soxta mahsulot ishlab chiqaruvchilarning qurboniga aylanadilar", — dedi suhbatdosh.

Avtomobili uchun arzon soxta ehtiyot qismni tanlagan xaridor o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi, deb ogohlantiradi mutaxassis. Bundan tashqari, uning yaqinlari ham xavfdan xoli bo‘lishmaydi. Shuning uchun kompaniya o‘z xaridorlari haqida qayg‘uradi va shubhali ishlab chiqaruvchilarning soxta ehtiyot qismlari bilan bog‘liq xavflardan ogohlantirishni o‘z burchi deb biladi.

Xasis ikki marta to‘laydi

Mutaxassis soxta ehtiyot qismlarni sotib olgan xaridor aslida ko‘proqqa tushishini ta’kidladi. Pul tejayman deb sifatdan voz kechish aslo mumkin emas.

Masalan, bugungi kunda haqiqiy kapotning o‘rtacha narxi dilerlik markazlarida 800 ming so‘m turadi. Respublika avtobozorlarida uning soxtasini (xaridor ularni farqlay olmaydi, lekin mutaxassis bir qarashdayoq uning sifatsizligini biladi) 650 ming so‘mga sotib olish mumkin.

© GM UzbekistanChapda GM Uzbekistan detali, o‘ngda noma’lum ishlab chiqaruvchi detali
Detali proizvodstva GM Uzbekistan s sravnenii s detalyami drugogo proizvoditelya - Sputnik O‘zbekiston
Chapda GM Uzbekistan detali, o‘ngda noma’lum ishlab chiqaruvchi detali

"Biz sinash uchun bir nechta soxta ehtiyot qismlarni olib ko‘rdik. Kuzov detallarini o‘rnatayotganda servisdagi ustalarimiz o‘lchamini keltirish va ochiq joylar qolmasligi uchun uni o‘rnatishayotganida ancha ter to‘kishdi. Bundan tashqari, uni bo‘yash chog‘ida ham qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bunga metalning va uning sirtidagi qoplamaning sifatsizligi sabab bo‘ldi. Xaridor ustaning qo‘shimcha ishlari uchun haq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Dastlab narxlardagi sezilarli bo‘lib ko‘ringan farq shu bilan yo‘qqa chiqadi", — dedi direksiya vakili.

Uning fikricha, narxdagi tafovutga aynan sifatni pasaytirish orqali erishiladi. GM Uzbekistanning original kuzov ehtiyot qismlari GM World jahon standarti talabiga javob beruvchi chirimaydigan metaldan tayyorlanadi. Respublikaga olib kirilayotgan soxta kuzov detallari esa mutlaqo noma’lum texnologiya asosida arzon xomashodan tayyorlanadi. Mamlakatga soxta mahsulot olib kiruvchilar xaridor hayotini xavf ostiga qo‘ymoqdalar.

Sifatiga javob beramiz

Ekspertning bildirishicha, sifatni nazorat qilish GMning barcha kompaniyalari uchun bir asrdan buyon davom etib kelmoqda. Masalan, kuzov ehtiyot qismlari tayyorlanadigan metall sifati xomashyo sotib olinayotgan paytdayoq tekshiruvdan o‘tadi. O‘zbekiston avtomobil zavodi mashinalari zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi.

RAVON brendi - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Belorussiyada Ravonni namoyish etdi

"Metall yetkazib beruvchilar GMning yuqori talabi doirasidagi meyorlarga amal qilishadi. Zavoddagi har bir ishlab chiqarish bosqichi sifat nazoratidan o‘tadi. Agarda biror yetkazib beruvchi tomonidan sifat borasida nuqsonga yo‘l qo‘ysa, u bilan hamkorlik to‘xtatilgani haqidagi axborot kompaniyaning barcha korxonalariga tarqatiladi. GM Uzbekistan har uch yilda kompaniya standartlari bo‘yicha tashqi auditdan o‘tadi va uning natijasiga ko‘ra xalqaro sifat sertifikati beriladi", — deydi mutaxassis.

Sifatni nazorat qilishning ichki jarayonlari ham ishlab chiqarishning har bir bosqichida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Kuzov panellarini ishlab chiqarishda payvandlash va germetizatsiyaga alohida ahamiyat beriladi. Maxsus laboratoriyalarda ishlab chiqarish jarayonida istalgan detal konveyerdan olinadi va sifat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Kuzov yuzasiga qoplama surtish bosqichi ham nazorat ostida bo‘ladi. Bularning bari avtomobilning tashqi ta’sir va chirishdan saqlanishini ta’minlaydi. Barcha jarayonlar GM Uzbekistan korxonalarida amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan detallari
Detali proizvodstva GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan detallari

"Payvandlash chog‘ida sifat nazorati laboratoriyasi vakillari istalgan detalni, masalan, kapotni olishlari va uning tashqi ta’sirga chidamliligini tekshirib ko‘rishlari mumkin. Har bir kuzov detali mana shunday tekshiruvdan o‘tadi va tekshiruv natijasiga ko‘ra keyingi jarayonga o‘tiladi", — deydi u.

Xulosa o‘rnida

Tashqi bozorga ham ana shunday sifatli ehtiyot qismlar chiqariladi. Kompaniya o‘z rasmiy dilerlik tarmog‘i orqali xorijdagi iste’molchilar ehtiyojini muntazam ravishda qondirib keladi. Bunda dilerlik tarmoqlariga birorta nuqsonli ehtiyot qism yetkazilishi ehtimoli mutlaqo mavjud emas.

"o‘ylab ko‘ring. Sog‘ligimiz haqida gap ketganida biz soxta yoki arzon dori sotib olib davolanish haqida o‘ylamaymiz. Hayot masalasi ekanligini anglaganimiz uchun eng yaxshi shifokorni qidiramiz, sifatli dori uchun qancha pul bo‘lsa to‘lashga tayyor turamiz. Avtomobil bila nham xuddi shunday. Sizning avtotransportingiz hayotingiz va sog‘ligingiz bilan bevosita bog‘liq. Buning ustiga unda farzandlaringiz, yaqinlaringiz va qarindoshlaringizni ham manzilga eltasiz. Bir marta arzon ehtiyot qism sotib olish istagi oxir-oqibat sezilarli moddiy va ruhiy yo‘qotishlarga sababchi bo‘lishi mumkin", — deydi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0