Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi polimer zavodiga tashrif buyurdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Nukusda qurilayotgan zamonaviy korxonalar bilan tanishdi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida, Nukusda qurilayotgan polimer zavodi bilan tanishdi.

Ushbu zavodda yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va upakovka uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada 100 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xonadonlarga kirib, xalq turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

Keyin prezident energetika sohasi uchun mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonaga tashrif buyurdi. Ushbu yangi korxonada zamonaviy transformatorlar, fotoelektrostansiyalar uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlar, elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu zavodlar qurilish jarayoni bilan tanishib, ishchilar bilan muloqotda bo‘lib. Prezident zavo quruvchilari va pudratchilari faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Undan tashqari Mirziyoyev Nukus temiryo‘l vokzali bilan tanshdi va u yerda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, taklif qilinayotgan xizmatlar sonini va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0