BMT maxsus vakili Suriya muzokaralari oldidan AQSh elchisi bilan uchrashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBMT Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura
BMT Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostonada 23-24 yanvar kunlari Rossiya va Qozog‘iston tashabbusi bilan uyushtirilgan Suriya tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Turkiya, Suriya va Eron vakillari hamda BMT maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirok etadi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. BMT maxsus vakili Staffan de Mistura, Ostonda erta boshlanishi kutilayotgan Suriya tinchlik muzokaralari oldidan Qozog‘istondagi AQSh elchisi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Ostona shahri - Sputnik O‘zbekiston
Suriya muxolifati vakillari Ostonaga yetib keldi

"Biz yeng shimarib ishlayapmiz. Boshqa izoh berilmaydi", — dedi de Mistura ushbu uchrashuvdan keyin. Uchrashuvda maxsus vakilning yordamchisi Ramzi ar-Ramzi ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Ostonada Rossiya va Qozog‘iston tashabbusi bilan uyushtirilgan Suriya tinchlik muzokaralari boshlanishi kerak. Unda Rossiya, Turkiya, Suriya va Eron vakillari hamda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirok etadi.

AQSh vakillari ham ushbu muzokaralarda ishtirok etishga xoxish bildirishgan edi, lekin Suriya mojarosini hal qilishda bevosita ishtirok etayotgan mamlakatlar AQShni taklif qilishmadi. Ushbuni vaziyat nuqtayi nazaridan, de Misturaning AQSh elchisi bilan uchrashuvi o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0