Suriya muxolifati vakillari Ostonaga yetib keldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishOstona shahri
Ostona shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro muzokaralar Ostonada Rossiya, Turkiya, Eron va BMTning maxsus vakili ishtirokida 23-24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Suriya muxolifati vakillari muzokaralarda ishtirok etish uchun Ostonaga yetib kelishdi, deb xabar qildi Qozog‘iston TIV matbuot kotibi Anuar Jaynakov.

Rossiya va Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil qilingan, Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xarqaro muzokaralar Ostonda 23-yanvar kuni boshlanishi kutilmoqda.

«Muzokaralar 23-yanvar soat 13:00 da boshlanib 24-yanvar taxminan 13:00 da tugashi rejalashtirilgan… Shuni aytib o‘tish kerak-ki, muzokaralara yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumani o‘tkazish haqida alohida xabar qilinadi", — deyilgan Qozog‘iston TIVi rasmiy xabarida.

Ushbu muzokaralarda ishtirok etish uchun Rossiya, Turkiya, Eron vakillari hamda BMT bosh kotibining maxsus vakili Staffan de Mistura Qozog‘iston poytaxtiga allaqachon yetib kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0