TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda "Novosti Uzbekistana" xabar qilmoqda.
Xabarda bildirilishicha, yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.
Majlisda Shavkat Mirziyoyev "O‘zneftmahsulot" raisi Baxtiyor Sultonov o‘z vazifasidan chetlatilishini ma’lum qildi.