TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qilgan kun.uz.
Shu tariqa, 2017-yilda milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish amalga oshirila boshlaydi", — deyiladi xabarda.
Davlatning alohida rejalarida – eksportchilar tomonidan valyuta tushumlarini majburiy sotilishini bekor qilish ham bor. Bu xomashyo eksportchilardan (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va hk.) tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada ish va xizmatlarga narx qo‘yish amaliyoti bosqichma-bosqich tugatiladi.
Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlar importini litsenziyalashni bekor qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu mahalliy tilladan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksportiga belgilab qo‘yilgan norma (95 foiz)ni kamaytirib, bu sohadagi eksport jarayonlari hamda ichki aylanmani ancha yengillashtiradi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.