TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Bu maxsus texnikalarning har biri bir vaqtning o‘zida o‘rtacha 25 tonna suvni aholiga yetkazib berish imkoniyatiga ega, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, bir kunda mazkur avtotransport turi orqali 400 tonnadan ortiq ichimlik suvi o‘z manziliga yetkazib berilmoqda. Avtotsisternalar "UzGPS" xizmati va bir qator zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlan.
Bundan tashqari, xar bir avtotsisterna zamonaviy kuzatuv va aloqa vositalari bilan jihozlangan. Jumladan, "Milliy axborot tizimi"ni rivojlantirish dasturi asosida BePRO dasturchilar markazi va "Uzbektelekom" AK hamkorligida ishlab chiqilgan harakatlanuvchi obyektlarni sputnikdan kuzatish tizimidir.
"Ushbu ishlanma 100% milliy mahsulot bo‘lib, davlat tomonidan belgilangan standartlarga javob beradi va sertifikat hamda mutasaddi ekspertlarning xulosalariga ega", deyiladi xabarda.