O‘zbekiston ehtimoliy teraktlarga nisbatan kerakli choralarni ko‘rmoqda

© REUTERS / ERIC GAILLARDNissadagi terakt
Nissadagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston maxsus kuch tizimlari Berlinda sodir bo‘lgan fojiani tahlil qilib chiqishdi

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston kuch tizimlari va huquqni muhofaza qilish organlari jahonda sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarini tahlil qilishmoqda va bunday harakatlarning oldini olish uchun kerakli choralarni ko‘rishmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organidagi manbaning aytishicha, keyingi paytda xalqaro terrorchilar odamlar ommaviy ravishda to‘planadigan joylarga yuk mashinasida katta tezlikda bostirib borish amaliyotini qo‘llashmoqda. Ana shunday so‘nggi holat Quddus shahrida yuz berdi.

"O‘zbekiston maxsus kuch tizimlari Berlinda sodir bo‘lgan fojiani tahlil qilib chiqishdi va yangi yil bayrami kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun qator qoidalarni ishlab chiqishdi. Masalan, bayram kunlari sayilgohlar atrofidagi ko‘chalar nafaqat militsiya bilan, balki beton to‘siqlar bilan to‘sildi. Bundan tashqari, maxsus metall to‘siqlar ham o‘rnatildi", — dedi Sputnik O‘zbekiston suhbatdoshi.

Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi - Sputnik O‘zbekiston
Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi

Shuningdek, huquq-tartibot organlari, o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar, FVV vakillaridan iborat guruhlar bayram tadbirlarida shay holatda turdi.

"Albatta shahardagi barcha joylarni to‘sishning imkoni yo‘q, terrorchi istalgan ko‘chaga kirib borishi mumkin. Shuning uchun dastlabki ehtiyot choralariga e’tibor qaratildi. YHX xodimlari Toshkent va boshqa shaharlardagi yuk mashinalarini hushorlik bilan tekshiruvdan o‘tkazishmoqda, turli reydlar o‘tkazilmoqda. Yana shuni aytish mumkinki, O‘zbekistondagi dam olish maskanlari sxemasi juda yaxshi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerlarga yuk mashinasida osongina kirib borish imkoni yo‘q, atrof turli devor va to‘siqlar bilan o‘ralgan", — dedi manba.

Germaniya poytaxtida 19-dekabr kuni terrorchi yuk mashinasi bilan shahar markazidagi yarmarkada qatnashayotgan odamlar ustiga bostirib bordi. Hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 50ga yaqin kishi jarohatlandi.

Xuddi ana shunday ko‘rinishdagi terakt yakshanba kuni Quddusda sodir etildi. Noma’lum shaxs yuk mashinasida odamlar ustiga bostirib borishi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi.

Yangiliklar lentasi
0