TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti etib ayollar va turli irq vakillari saylanishlari mumkin, deya bayonot qilgan Amerikaning ketayotgan prezidenti Barak Obama.
Obama ayollarning Amerika tarixiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida gapirar ekan, 2016-yildagi Olimpiya o‘yinlarini misol keltirgan. "Medallarning yarmidan ko‘pini ayollar olib kelishdi. O‘nlab yillar oldin ayollarga sport bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi qonunni qabul qilganimiz uchun biz shunday natijaga eishdik", deb ta’kidlagan u.
Obama sarqitdan qolgan "irqchilik va irqiy stereotiplar" hamon mavjudligini ham tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra "ba’zan bir-birini tinglash va xalq haqida xuddi xalq singari o‘ylash juda og‘ir kechadi".
AQSh prezidenti bularning barchasiga qaramay, ayni damda irqiy munosabatlar ancha yaxshilanganini aytgan. Obama "kelgusi avlodda biz yoki ajdodlarimizga nisbatan bu borada ishonchlari ancha yuqori bo‘ladi" deya ta’kidlagan.