Obama "Islom davlati" tor-mor etiladi, deya bashorat qildi

© The White HouseBarak Obama
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"ID" tor-mor etiladi, va Amerikaga tahdid qilganlarning birortasi xavfsizlikda bo‘lmaydi", - deya bayonot qildi Amerika prezidenti

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama sakkiz yillik prezidentlik muddati davomida Amerika maxsus xizmatlari va harbiylari "o‘n minglab terrorchilarni" yo‘q qilganini aytib, "Islom davlati" terrrorchilik uyushmasi tag-tomiri bilan yo‘qotilishini bashorat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Barak va Mishel Obama - Sputnik O‘zbekiston
Vidolashuv nutqida rafiqasi Mishel haqida gapirayotgan Obamaning ko‘zlarida yosh qalqdi
"Biz o‘n minglab terrorchilarni, shu jumladan Al-Qoida yetakchisi Usama bin Lodinni yo‘q qildik. Bizning rahbarligimizdagi "ID"ga qarshi kurashuvchi koalitsiya terrorchilar yetakchilarini yo‘q qildi va terrorchilardan ularning yarim hududlarini tortib oldi", — deb ta’kidlagan Obama Chikagoda so‘zlagan xayrlashuv nutqi davomida.

"ID" tor-mor etiladi, va Amerikaga tahdid qilganlarning birortasi xavfsizlikda bo‘lmaydi", — deya bayonot qildi Amerika prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik qasamodini qabul qilgan kun, ya’ni 20-yanvar kuni Barak Obama iste’foga chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0