TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Moskva shahriIIV migrantlar masalalari Bosh boshqarmasi mehnat migrantlarining 7 mingga yaqin patentlarini bekor qildi, deb xabar qilmoqda Saxarovadagi Migratsiya markazi matbuot-xizmati.
Aytilishicha, patenti bekor bo‘lgan chet el fuqarolarining hammasi SMS-xabar orqali ogohlantirilgan. "Migrantlarga "bazamizda patentingiz haqi to‘langanligi haqida ma’lumot yo‘q" degan xabar yuborilgan. Ammo bunga qaramay, migrantlar o‘z patentlari puli to‘langanligini isbotlash uchun markazimizga kelishmadi", — deyilgan xabarda.
Patenti bekor qilingan mehnat migrantlari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olinadigan bo‘lsa, ular Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi, kamiga ularga 5-7 ming rubl miqdorida jarima solinadi va qonunbuzarlar uchun Rossiyaga kirish yo‘li yopiladi.
Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi Rossiya hududina noqonuniy yashab yurgan chet elfuqarolarini aniqlash bo‘yicha tadbirlarni davom ettirishini ma’lum qilgan.