Endilikda patentga to‘lovni juda qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin

© Press-slujba MMSKvitansiyadagi maxsus kod patent to‘lovini yengillashtiradi
Kvitansiyadagi maxsus kod patent to‘lovini yengillashtiradi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda Migratsiya markazida beriladigan kvitansiya(to‘lov varaqasi)da maxsus kod mavjud bo‘lib, bu Rossiyadagi Sberbank bo‘limlarida yoki bank to‘lov terminallarida patent to‘lovini ancha osonlashtirishi aytilmoqda

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Moskva shahar Migratsiya markazi matbuot-xizmati tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, bundan keyin markaz tomonidan migrantlarga beriladigan kvitansiyalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘ladi.

"Bu maxsus kod yordamida Rossiyadagi Sberbank bo‘limlari va bankning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallarida, shuningdek, "Sberbank-onlayn" mobil dasturi orqali patent to‘lovini osonlikcha amalga oshirish mumkin", — deyilgan xabarda.

Yangi yil archasi - Sputnik O‘zbekiston
Saxarovadagi Migratsiya markazi yanvar oyi boshida ishlamaydi
Aytilishicha, QR-kod to‘lovchi haqida to‘liq axborotni o‘z ichiga olgan bo‘ladi — ya’ni uning to‘liq ism-sharifi, pasport ma’lumotlari, INN, to‘lov to‘lanayotgan patent raqami, hamda to‘lov summasi.

"Endilikda, mehnat migranti Sberbank kassalarida ushbu kvitansiyani taqdim etadigan bo‘lsa, bank operatori u haqdagi ma’lumotlarni qo‘l yordamida kiritmaydi, balki ularni skaner yordamida "o‘qiydi". Bu holat to‘lov jarayonini yengillashtiradi hamda pul to‘lovida xatoga yo‘l qo‘yilishining oldini oladi. Patentga to‘lovni terminal yoki mobil ilova orqali amalga oshirayotganda ham kodli kvitansiyani apparat skaneri yoki gadjet ekraniga yaqinlashtirilsa kifoya, ma’lumot hisobga o‘tadi", — deyilgan xabarda.

"Migrantlar patent uchun to‘lov kvitansiyasini Migratsiya markazining o‘zida olishi yoxud saytda shakllantirishlari mumkin. Mustaqil shakllantirilgan hujjatlarda ham maxsus kod bo‘ladi", — deyilgan markaz xabarida.

Yangiliklar lentasi
0