O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davolovchi shifokor tomonidan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi dori vositalari qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart emas

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri “Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Hujjatda aytilishicha, davolash-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash taqiqlanadi.

Shuningdek, 26-sentabrdan boshlab davolovchi shifokor tomonidan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi dori vositalari (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart emas.

Buyruqqa kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, dorixonalar tomonidan, birinchi navbatda, mahalliy dori vositalarini taklif etish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0