O‘zbekiston Jahon tillari universitetida rus tili markazi ochiladi

© RSNK v TashkenteJahon tillari universitetidagi uchrashuv
Jahon tillari universitetidagi uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossotrudnichestvo Jahon tillari universitetida rus tili markazini ochadi, bu haqda muassasalar rahbarlari kelishib olishdi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Jahon tillari universitetida Rossotrudnichestvo vakillari va Toshkent rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari birlashmasi raisi Natalya Petruxina ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

MDU talabalari - Sputnik O‘zbekiston
2016 yilda 2000dan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiya oliygohlariga qabul qilindi

Davra suhbatida vakolatxona va O‘zDJTUning 2017-yildagi o‘zaro hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Jahon tillari universiteti qoshida rus tili markazi tashkil etish, Rossiya va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, talaba yoshlarning tarjimashunoslik bo‘yicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish borasida ushbu yo‘nalishda rossiyalik ekspertlar ishtirokida tadbirlar tashkil etiladi.

Tomonlar madaniyat va sport sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga — talabalar festivallari, sport musobaqalari o‘tkazish, Rossiya viloyatlari bo‘ylab sayohatlarga chiqish, rus xalqi tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishish imkonini beruvchi yoshlar loyihalarida ishtirok etishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Rossotrudnichestvo matbuot xizmati.

Uchrashuv doirasida mehmonlar o‘quv yurti va universitet kutubxonasi bilan tanishishdi.

Tomonlar ta’lim va fan sohasida hamkorlikni kengaytirish, Jahon tillari universiteti va Rossiya oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar mustahkamlanishini qo‘llab-quvvatladilar.

Yangiliklar lentasi
0