2016 yilda 2000dan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiya oliygohlariga qabul qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMDU talabalari
MDU talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ayni paytda O‘zbekistondan 23 ming talaba tahsil oladi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 2016-yilda ikki mingdan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Rossiyaning turli oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi, deb xabar berdi Rossotrudnichestvoning respublikadagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika.

"2016 yilda 2079 nafar o‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiyaning turli oliy o‘quv yurtlariga kirishdi, ulardan 142 nafari Rossiya hukumati kvotasi asosida Rossiyaning Toshkentdagi fan va madaniyat markazida imtihondan o‘tishdi", — dedi Shulika.

U Toshkentdagi markazda ko‘ngilli asosda O‘zbekiston yoshlarini Rossiya OO‘Yuga kirishga tayyorlash tashkil etilganini eslatib o‘tdi. Joriy o‘quv yilida RFMMda Rossiyaning 35ta oliygohi vakillari imtihon o‘tkazishdi. Rossotrudnichestvoning ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar orasida Qozon davlat universiteti, Uzoq Sharq federal universiteti va Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida o‘qishga qiziqish yuqori.

Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan 1,5 mingdan ziyod talaba Rossiyaga o‘qishga boradi

Shulika ikki mamlakat gumanitar hamkorligini rivojlantirish maqsadida Rossiyada o‘zbek talabalari uchun rus tili va adabiyoti yo‘nalishlarida ta’lim olishni kvotalashtirishni istisno qilish lozim deb hisoblaydi.

Rossotrudnichestvoning ma’lumot berishicha, Rossiyada ayni paytda O‘zbekistondan 23 ming talaba tahsil oladi, Toshkentda esa Lomonosov nomidagi MDU, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti va Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari faoliyat ko‘rsatadi. 2015-yilda Rossiya o‘quv yurtlariga RFMM orqali bir yarim mingdan ortiq talaba qabul qilingan bo‘lib, ulardan 180 nafari Rossiya hukumati kvotalari asosida o‘qishga kirgan.

Rossotrudnichestvo federal agentligi 2008-yil sentabrda tashkil etilgan. Agentlik xalqaro aloqalar, gumanitar yo‘nalishdagi uzviy hamkorlik va Rossiyaning xorijdagi ijobiy nufuzini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0