TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirining unvoni ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.
27 Sentabr 2016, 17:16
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi farmoni bilan tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda qo‘shgan katta hissasi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga general-mayor unvoni berilgan.
Shuningdek, Prezidentning farmoni bilan Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari, Jinoyat qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i Nazarmuxamedov Davron Obitovichga ham general-mayor unvoni topshirilgan.
Ikki nafar podpolkovnik – Muhamedov O‘tkurbek (O‘zbekiston IIV Akademiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari) va Abdullayev Alisherga (O‘zbekiston IIV Akademiyasi boshlig‘ining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari) polkovnik unvonlari taqdim qilingan.