TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 2017-yilning 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"TIV rahbari 2017-yil 16-yanvarda Qirg‘izistonda ko‘plab insonlarning, jumladan bolalarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan "Boing-747" yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi", — deyilgan xabarda.
Muvaqqat ishlar vakili Azamat Mambekov Qirg‘iziston rahbariyati va xalqi nomidan O‘zbekiston tomoniga hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirgan.