TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Bishkek yaqinida yuz bergan aviahalokatda qurbon bo‘lgan 37 kishining shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, Turkish Airlines aviakompaniyasining Boeing 747 yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportidan bir necha kilometr narida halokatga uchragan edi. Layner kuni kecha Dacha-Suu qishlog‘i yaqinida qulagan.
Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan samolyot o‘z bortida 85 tonna elektron uskuna va gadjetlarni tashiyotgan bo‘lgan.
FVVning ma’lum qilishicha, qishloqdagi 32ta uy zarar ko‘rgan.
"37 qurbonning shaxsi aniqlandi, ularning 17 nafari bolalardir", — deb aytgan Abulg‘oziyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgariroq yetakazib berilgan tana fragmentlaridan tibbiyot xodimlari besh nafar qurbon tanasini tiklashga muvaffaq bo‘lganlar.
Qirg‘iziston hukumati vakili so‘zlariga ko‘ra, sal oldin shaxsi aniqlangan jasadlarning barchasini qarindoshlari olib ketilgan.