Atambayev va Ikromov o‘zbek-qirg‘iz chegarasi masalalarini muhokama qilishdi

© president.kgAlmazbek Atambayev va Adham Ikromov uchrashdilar
Almazbek Atambayev va Adham Ikromov uchrashdilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha ijobiy o‘sish sezilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Adham Ikromov bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘sh shahridagi uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalalarini muhokama qilmoqda

Suhbat davomida qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari hamkorlikda olib borayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvida kelishib olingan edi.

Uchrashuvda shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xabarda aytilishicha, Atambayev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha ijobiy o‘sish sezilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

Uchrashuvda shuningdek, Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0