Jamiyat

Oʻzbekiston Belgiyadagi sayyohlik yarmarkasida ishtirok etmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belgiyaning Lyoven shahrida boʻlib oʻtgan sayyohlik yarmarkasida Oʻzbekiston oʻzining yorqin va rang-barang stendini taqdim etdi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Belgiyaning yetakchi turoperatorlaridan biri boʻlgan Hobo Reisen Lyoven shahrida sayyohlik yarmarkasi tashkil qildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Turizm eksperti: Oʻzbekistonda tomosha qiladigan narsa koʻp

Ushbu sayyohlik yarmarkasida 50 mamlkat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Oʻzbekistonning yorqin va rang-barang stendi alohida eʼtiborga sazovor boʻldi. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan sayyohlar Oʻzbekiston boy madaniyati, amaliy sanʼati namunalari va ulkan turistik imkoniyatlari bilan tanishishga muvaffaq boʻlishdi.

Yarmarka doirasida Oʻzbekiston xalqlarining boy tarixiy-madaniy meʼrosi tabiiy iqlim sharoiti haqida hujjatli film namoyish etildi.

“Men Samarqandni – Sharqning Pariji, Buxoroni – takrorlanmas ilm markazi, Xivani esa – haqiqiy ertak deb atayman”, — dedi Hobo Reisen kompaniyasi xodimi Pol Raska “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida. 

Hobo Reisen kompaniyasi direktori Odri Gotts aytishiga qaraganda, boy tarixiy madaniy meʼrosga ega boʻlgan Oʻzbekiston Yevropalik sayyohlarda ulkan qiziqish uygʻotmoqda. Undan tashqari bugungi kunda Oʻzbekistonda sayyohlik xizmatlarining yangi turlari ishlab chiqilmoqda va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida sayyohlar Oʻzbekistondan yaxshi taasurotlar bilan mamnun boʻlib qaytmoqda.

Koʻrgazmada ishtirok etish Oʻzbekiston elchixonasi yordamida tashkil qilindi.

Yangiliklar lentasi
0