O‘zbekistonlik olimlar gelioenergetik qurilma o‘ylab topishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning PREMER OFIS xususiy korxonasi xodimlari gelioenergetik qurilma ixtiro qilshdi va unga patent olishdi.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. PREMER OFIS xususiy korxonasi xodimlari quyosh nuridan elektr energiyasi oladigan moslamalarda ishlatiladigan, gelioenergetik qurilma o‘ylab topishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi.

Qurilmaning asosiy vazifasi — foydali ish koefitsenti yuqori bo‘lgan, kichik hajmli gelioenergetik qurilma ishlab chiqish. Yangi qurilmadan olinayotgan tok allaqachon sinus ko‘rinishida bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotoelementlardan olinadi.

Yangi qurilma, shuningdek quyosh elementlari bilan jihozlangan matritsa va quyoshni kuzatish moslamasiga ham ega. Ixtiro mualliflari Aleksandr Simonov va Aleksey Kamardinlar yangi qurilma uchun FAP 01150 —sonli patent olishdi.

Yangiliklar lentasi
0