TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Istambulda terakt uyushtirishda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Rodrobno.uz nashri Associated Press xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, gumon qilinayotgan shaxs Istambulning g‘arbiy qismida, Esenyurte tumanida politsiya maxsus operatsiyasi natijasida qo‘lga olingan.
Turkiyaning Ihlas nashri xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs – O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov bo‘lib u 1 yanvar oqshomi Istambulda terakt uyushtirishda gumon qilinmoqda. Nashr xabarga ko‘ra u tanishining xonadonida yashirinib yurgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil oqshomi “Kalashnikov” avtomati bilan qurollangan jinoyatchi Istambulning tungi klublaridan biriga bostirib kirib odamlarga qarata 180ta o‘q uzadi. Oqibatda 39 kishi qurbon bo‘ladi, 65 kishi jarohatlanadi. Shundan keyin jinoyatchi oshxonaga kirib kiyimini almashtiradi va sarosimadan foydalanib klubni tark etadi.