Istambuldagi teraktda O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda

© RIA NovostiIstambuldagi teraktda O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda
Istambuldagi teraktda O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya polsiyasi xabariga ko‘ra, Yangi yil oqshomi Istambulda uyushtirilgan terakt Abdulgadir Masharipov ismli O‘zbekiston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Turkiya politsiyasi 1-yanvar tunda Istambuldagi tungi klubda sodir bo‘lgan terakt kim tomonidan amalga oshirilganini aniqladi, RIA Novosti Daily Sabah xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra, terakt O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov tomonidan amalga oshirilgan. Terrorchining ikkinchi ismi Abu Muxammed Xurasan bo‘lib, u ayni damda butun mamlakat bo‘ylab qidiruvda.

Turkiya politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyadagi teraktni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxsning surati e’lon qilindi

Dastlab, ushbu mudhish teraktda Qirg‘iziston fuqarosi Yaxyo masharipov gumon qilingan edi, lekin politsiya so‘rog‘idan keyin uning aybi yo‘qligi aniqlanib, qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil oqshomi "Kalashnikov" avtomati bilan qurollangan terrorchi Istambuldagi Reina tungi klubiga bostirib kirib odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Turkiya politsiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 65 kishi jarohatlangan edi. Qurbonlarning 16 nafari chet el fuqarolari bo‘lgan.

Teraktdan keyin terrorchi klubning oshxonasiga o‘tib, kiyimini almashtirib taksida qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni ID o‘z zimmasiga olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0