Bishkekda Boeing-747 quladi: 34 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik KirgizstanBoeing-747 qulagan joydagi FVV xodimlari
Boeing-747 qulagan joydagi FVV xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turk aviakompaniyasiga qarashli yuk samolyoti Bishkek yaqinida halokatga uchradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 34 kishi halok bo‘lgan, ular orasida uch nafar ekipaj a’zolari bor

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Turkish Airlines aviakompaniyasining Boeing 747 yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportidan bir necha kilometr narida halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Layner bugun ertalab Dacha-Suu qishlog‘i yaqinida qulagan. U Gonkong-Istanbul reysi bo‘yicha parvoz qilgan va Bishkekda yoqilg‘i quyishi kerak bo‘lgan.

FVVning ma’lum qilishicha, qishloqdagi 23ta uy zarar ko‘rgan. Aeroport yopib qo‘yilgan.

Ayni vaqtda samolyotdagi yong‘in o‘chirilgan.

Voqea joyiga Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Muhammetkaliy Abulgaziyev, FVV vaziri Kubatbek Boronov hamda transport va yo‘l vaziri Jamshitbek Kalilov yetib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0