TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga "Boing 747" yuk samolyoti falokatga uchrab, ko‘plab insonlar, jumladan, bolalar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Dushanba kuni Turkiyadagi aviakompaniyalardan biriga qarashli "Boeing 747" yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportidan bir necha kilometr narida halokatga uchradi.
Layner Dacha-Suu qishlog‘i yaqinida qulagan. U Gonkong-Istanbul reysi bo‘yicha parvoz qilgan va Bishkekda yoqilg‘i quyishi kerak bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, fojia oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan. Halokatga ko‘rish darajasining yomonligi sabab bo‘lgan degan taxmin ilgari surilmoqda.
Sodir bo‘lgan voqea sabablarini aniqlash uchun IIV va DMXQ organlari xodimlaridan iborat maxsus hukumat komissiyasi tuzildi.