TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida 2016yil davomida mojarolar soni ikki baravar kamaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Qirg‘iziston Chegara xizmatiga asosan.
Ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 2016-yil davomida 12ta mojaro yuzbergan. 2015-yilda 22 mojaro sodir bo‘lgan edi. Ko‘rib turganingizdek, bu yilgi to‘qnashuvlar soni salkam ikki baravar kam.
Bundan biroz oldin, Qirg‘iziston Chegarani qo‘riqlash xizmati rahbari Mirbek Kasimkulov O‘sh va Jalolobod tumanlarida bo‘lib barcha chegara nazorat punktlarini ko‘zdan kechirib, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoy bilan chegaradagi vaziyat bilan yaqindan tanishgan edi.
“Kasimkulov chegaraning belgilanmagan bo‘laklariga alohida e’tibor qaratdi. Chegara xizmati rahbari mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari bilan uchrashib, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlarni hal qilish masalalarini muhokama qildi”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillaridan tashkil topgan delimitatsiya va demarkatsiya komissiyasi chegara mojarosini samarali hal qilish maqsadida chegasining belgilanmagan qismlarini izchillik bilan o‘rganmoqda.