TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi o‘tgan tunda Saratov yaqinida sodir bo‘lgan mudhosh YTH qurbonlari hg‘aqida ma’lumot berdi, RIA Novosti xabariga asosan.
"Rossiyaning Saratov viloyati IIB Bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH oqibatida 7 kishi (Toyota haydovchisi va olti nafar yo‘lovchi) qurbon bo‘lgan. To‘rt nafari Qirg‘iziston fuqarolari, ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi va bir Tojikiston fuqarosi olingan jarohatlari tufayli hodisa joyida qurbon bo‘lishgan", — deyilgan elchixona xabarida.
Ayni damda Internetda ushbu voqea joyida qutqaruvchilar tomonidan olingan dastlabki videotasvir paydo bo‘ldi. U yerda aytilishiga ko‘ra ushbu mudhish fojea aybdori, yuk avtomobili haydovchisi mast bo‘lmagan, lekin rulda uxrab qolgan bo‘lishi mumkin.