Saratovda mudhish YTHda O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘ldi

© Press-slujba GU MChS po Penzenskoy oblasti / Mediabankka o‘tishQutqaruv xizmati va politsiya faoliyati
Qutqaruv xizmati va politsiya faoliyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saratov viloyatida yakshanbaga o‘tar oqshom miniven va yuk avtomobili to‘qnashuvi oqibatida 7 kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘tgan oqshom Nijniy Novgorod — Saratov trassasining 550 kilometrida, Tarumovka qishlog‘i yaqinida yuz bergan YTHda O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Saratov viloyati IIB xizmati.

"Penzadan Saratovga ketayotgan yarim pritsepli Volvo yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Toyota miniveni bilan to‘qnashib ketadi. Oqibatda ikkala avtomobil ham yo‘l chetidaki chuqurlikka tushib ketadi. YTH oqibatida Toyota haydovchisi va uning olti nafar yo‘lovchisi voqea joyida qurbon bo‘lgan", — deyilgan viloyat IIB boshqarmasi vakili xabarida.

Voqeadan bir necha soat o‘tib, "Region 64" mahalliy axborot agentligi viloyat qutqaruv xizmati Yuriy Yuringa asosan, qurbonlar orasida 2 ayol va 5 erkak bo‘lganini va ular O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi haqida xabar tarqatdi.

Shuningdek, qutqaruv xizmati Toyota avtomobili YTH oqibatida qattiq jarohatlanganini va qurbonlar tanalarini chiqarib olish uchun gidravlik asboblardan foydalanishga to‘g‘ri kelganini xabar qildi.

YTH aybdori, yuk avtomobili haydovchisi vvoqeada zarar ko‘rmagani xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0