Mirziyoyev bir guruh davlat xizmatchilarini mukofotladi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, milliy xavfsizlikni ta’minlashda qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" unvoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevichga topshirildi

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 25-yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonini imzoladi. Farmon matni Prezident matbuot-xizmati tomonidan taqdim etilgan.

"Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun 

O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi Qurolli kuchlar akademiyasi barpo etiladi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevichga berilsin", — deyilgan xabarda.

O‘zbekistonning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlangan:

I darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan — Hamroyev Abdulla Adhamovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan — Usmonov Lazizjon Sobirjon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri, Qodirov Doniyor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

"Do‘stlik" ordeni bilan — Aminov Odil Shodiyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Golubenko Aleksey Yuryevich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Nurjanov Baxitjan Muratjanovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi, Ugay Aleksey Platonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari. 

Farmonning to‘liq matni bilan O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0