Toshkent markazida yengil avtomobil chet ellikni urib yubordi

© Sputnik / StringerToshkentdagi YTH
Toshkentdagi YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrlanuvchi belgilanmagan joyda ko‘chani kesib o‘tayotgan bo‘lgan, ta’kidlanishicha u jiddiy zarar ko‘rmagan

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent markazida, Grand Mir Hotel (sobiq "Rossiya") mehmonxonasi yonida yengil avtomobil va yo‘lovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda avariya guvohiga aylangan Sputnik muxbiri.

© Sputnik / StringerDtp v Tashkente
Dtp v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Dtp v Tashkente

Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa kecha kechqurun Toshkent vaqti bilan 19.30da yuz bergan. "Kobalt" rusumidagi avtomobil sobiq "Rossiya" mehmonxonasi yonida (kafe va turli tamaddixonalar ko‘pligi tufayli xalq orasida bu joy "mast ko‘cha" deb nomlanadi)tasodifan yo‘lovchini urib ketdi. Jabrdiyda esa chet el fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Poytaxt ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
YTH qurboni bo‘lgan 10 yashar qizaloq, Cobalt va Sparkni urgan Captiva
Hodisa yuz berishi bilan atrofda tomoshabinlar ko‘paydi, bu esa tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, deb xabar qilgan muxbir. "Xalq oyog‘ini ushlab voy-voylab yotgan jabrlanuvchini chor tomondan o‘rab oldi", — deb ta’kidlaydi guvoh.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil tomonidan turtib yuborilgan shaxs yo Xitoy yoki Koreya fuqarosi. U o‘z hamrohlari bilan birgalikda yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joyda kesib o‘tgan. Bir necha qator mashinalar oqimida amallab yo‘lini topib ketayotganlardan biri esa baribir avtomobil g‘ildiraklari ostida qolgan. Zarba oqibatida "Kobalt"ning oldingi o‘ng chirog‘i chil-parchin bo‘lgan. Jabrlanuvchi esa jiddiy jarohatlanmagan, ammo uning o‘zini tutishidan to‘qnashuv tufayli uning chap oyog‘i lat yeganini anglash mumkin edi.

© Sputnik / StringerDtp v Tashkente
Dtp v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Dtp v Tashkente

Avariyani haydovchining o‘zi quyidagicha izohlagan:

"Men u qanday qilib ko‘chadan kesib o‘tayotganini sezganim yo‘q, hatto. Xuddiki, yerning ostidan paydo bo‘lgandek bo‘ldi. Men shu onning o‘zidayoq tormozni bosdim, shu tufayli u mashina g‘ildiraklari ostida qolishdan omon qoldi. Men soatiga 50 km tezlikda kelayotgan edim, mana shu chet ellikni qattiq zarbadan qutqarib qoldi", — deb so‘zlagan Gasan ismli haydovchi.

Hodisa joyiga yetib kelgan "Tez tibbiy yordam" mashinasi jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketgan. Gasanning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari avariya holatini o‘z bo‘linmalarida o‘rganishlarini ma’lum qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0