Opa-singil Bushlar Obamaning qizlariga xat yozishdi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIBarbara va Jenna Bush-Xeger, AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning qizlari
Barbara va Jenna Bush-Xeger, AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning qizlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning qizlari Barbara va Jennalar Barak Obamaning zurriyodlari Maliya va Sashalarga maktub bitdilar. Xatda qizlarga Oq uydan tashqarida kechiriladigan hayotga doir maslahatlar berilgan

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Opa-singil Bushlar Barak Obamaning qizlariga xat yozdi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti.

"Endilikda sizlar sobiq prezidentlar farzandlari klubiga a’zo bo‘lishingiz kerak — bu sizlar intilmagan pozitsiya", — deyilgan maktubda.

Barak va Mishel Obama - Sputnik O‘zbekiston
Vidolashuv nutqida rafiqasi Mishel haqida gapirayotgan Obamaning ko‘zlarida yosh qalqdi
Qizlar o‘z nomalarida, shuningdek, Oq uyda mehnat qiladigan insonlarni, jumladan, gulchi Nensini unutmaslikka, hamda AQSh Mahfiy xizmati xodimlari bilan aloqalarni saqlab qolishga da’vat qilishgan.

"Biz Mahfiy xizmat bilan aloqalarni saqlab qolganmiz. Xizmat xodimlari bizning ulg‘ayishimiz guvohi bo‘lishgan: birinchi uchrashuvlar, unashtiruv marosimi, asal oyi… Hayotda hammasi ham oson kechmasligini bilamiz — sizlar ham, xuddi biz singari bu odamlar tinmay ta’qib qilgan o‘smir bo‘ldingiz. Lekin ular sizlar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan", — deya ta’kidlaganlar Barbara va Jenna Bush.

Qizlar o‘z maktublarida Obamaning qizlari Oq uy tomonidan qilingan kuchli bosimni boshdan kechirishgani, notanish odamlardan o‘z ota-onalari nomiga yog‘dirilgan tanqidlarni eshitishga majbur bo‘lishgani haqida ham aytib o‘tganlar.

20 yanvar kuni AQShning yangi saylangan prezidenti — Donald Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi. Xuddi shu kuni Barak Obama va uning oilasi Oq uyni tark etadilar.

Yangiliklar lentasi
0