Ana, xolos! Masjidda o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Musulmonlar namoz oldidan tahorat olishayotgan vaqtlarida, "uddaburro"lar osig‘liq ust-kiyim cho‘ntaklaridan mobil telefonlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘sh masjidlarida telefonlar o‘g‘rilangan, ushbu hodisada gumonlangan 44 yashar erkak qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri shahar IIB matbuot-kotibidan olingan ma’lumot asosida.

Mada qishlohida yashovchi bu erkak, bundan tashqari yana ikkita masjidda "telefon to‘plash" bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, odamlar namoz oldidan tahorat olishga kirib ketgan vaqtlarida, o‘g‘ri ust-kiyimlar cho‘ntaklaridan telefonlarni "yig‘ish" bilan shug‘ullangan.

Sputnik Qirg‘iziston nashri xabariga ko‘ra, ayni vaqtda gumondor vaqtincha hibsga olingan. Erkak muqaddam o‘g‘rilik uchun sudlanganligi qo‘shimcha qilinmoqda.

O‘sh shahar IIB masjidda telefonini yo‘qotgan odamlardan militsiyaga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0