Emomali Rahmon kecha ishdan bo‘shatilgan Dushanbe merini "Oltin toj" ordeni bilan mukofotladi

© ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT / Mediabankka o‘tishDushanbe shahrining sobiq meri - Maxmadsaid Ubaydulloyev
Dushanbe shahrining sobiq meri - Maxmadsaid Ubaydulloyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq merga Davlat mukofotini topshirish Dushanbening yangi meri - Rustam Emomali ma’muriyatini rasman xalqqa tanishtirish marosimi doirasida o‘tkazildi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbe shahrining sobiq meri Maxmadsaid Ubaydulloyevni birinchi darajali "Zarintoj" (Oltin toj) ordeni bilan mukofotlash haqida buyruqqa imzo chekdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon 29 yashar o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinladi
Xabarda ta’kidlanishicha, Ubaydulloyev ushbu sharafli mukofotni Tojikistonning Bosh vaziri Qohir Rasulzoda qo‘lidan qabul qilib olgan. Tadbir Dushanbening yangi ma’muriyatini xalqqa tanishtirish marosimi doirasida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 64 yashar Ubaydulloyevni egallab turgan lavozimidan ozod qilgan edi. Dushanbe meri, qariyb 20-yillik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqarildi, deb yozgan nashr. Ubaydulloyev o‘rnini Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li — 29 yashar Rustam Emomali egalladi.

Yangiliklar lentasi
0