O‘zbekistonda spirtli ichimliklar narxi oshadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAlkogol mahsulotlari.
Alkogol mahsulotlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yildan O‘zbekistonda vino va spirtli ichimliklarning minimal ulgurji va chakana sotuv narxi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Respublika Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi “Alkogol mahsulotlarining minimal ulgurji-sotuv va chakana narxlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarorni e’lon qildi. Unga muvofiq, yangi yildan vino va spirtli ichimliklarning minimal ulgurji-sotuv va chakana narxi oshadi, xabar qiladi "Gazeta.uz".

Yangi tariflarga muvofiq,  2016-yilning 1-yanvaridan 1 litr vinoning minimal ulgurji-sotuv narxi 18,4 %ga oshib 4,5 ming so‘m, chakana narxi esa 17,3 %ga oshib — 5,4 ming so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.

 Alkogolli ichimliklar(aroq va boshqa alkogol mahsulotlari)ning 1 litri uchun minimal chakana narx: 10,5 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilangan. Chakana savdo do‘konlarida bir shisha aroq narxi 12,6 ming so‘m deb belgilangan. Bu esa, oldingi narxdan 15,6 % qimmat deganidir.

Konyak narxi: ulgurji savdo uchun — 13,9 ming so‘m, chakana narxi esa 16,7 ming so‘m etib belgilangan. Pivo narxi o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda, xolos.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar, alkogol mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotishning oldini olishga qaratilgan. Alkogol mahsulotlarini davlat narxidan past narxda sotish qonunda ta’qiqlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0