Yevroittifoqning O‘zbekistonga moliyaviy yordami 168 mln yevroni tashkil etadi

© REUTERS / Ralph OrlowskiYevropa Ittifoqi bayroqlari
Yevropa Ittifoqi bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu mablag‘ irrigatsiya infrastrukturasini yaxshilash, agrobiznesga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturini amalga oshirishga sarflanadi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati fevralda Yevroittifoq vakillari bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi, deb xabar berdi respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikning ma’lumot berishicha, payshanba kuni YeI diplomatik missiyasi rahbari Eduard Stiprays bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Brusseldagi Yevrokomissiya binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston — Yevropa ittifoqi: Brusselda inson huquqlari masalasi muhokama qilindi

"Tomonlar "O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi" hamkorligi qo‘mitasining muntazam uchrashuvlari va iqtisodiyot, savdo, investitsiya bo‘yicha quyi qo‘mitasining uchrashuvlarini shu yilning fevral oyida Toshkent shahrida tashkil etish masalalarini muhokama qildi", — deyiladi xabarda deb yozadi RIA Novosti.

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy, texnik hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 1996-yilda "Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida" kelishuv imzolagan. Yevroittifoqning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi 2012-yilda ochilgan. YeIning 2014-2020 yillarda O‘zbekistonga beradigan moliyaviy yordami 168 million yevroni tashkil etadi. Bu mablag‘ irrigatsiya infrastrukturasini yaxshilash, agrobiznesga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturini amalga oshirishga sarflanadi.

Yangiliklar lentasi
0