Tolibon asirga olingan amerikalik professor murojaatini e’lon qildi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon harakati jangarilari
Tolibon harakati jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" harakati jangarilari o‘zlarida asirda saqlanayotgan amerikalik professor murojaati yozilgan videoni e’lon qildi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tolibon harakati tomonidan ushlab turilgan professor AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampdan yordam so‘ragan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Guardian gazetasiga tayangan holda.

Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: AQShning Afg‘onistondagi operatsiyasi "Tolibon"ni kuchaytirdi
Amerikalik 60 yashar Kevin King va uning 48 yashar hamkasbi Jon Uiks besh oy avval Qobulda, Afg‘onistondagi Amerika universiteti bo‘linmasi oldida o‘g‘irlab ketilgan edi. Jangarilar asirdagi Kevin King murojaatini chorshanba kuni YouTube videoxostingida e’lon qilgan. Videoda King jangarilar Amerika hukumatiga qo‘yayotgan shartlarni aytgan. "King Amerika hukumati asirlar evaziga bir nechta "askarlar" qo‘yib yuborilishi kerakligini ma’lum qilgan", — deb yozgan nashr.

"Donald Tramp, sizdan iltimos qilaman, hammasi sizning qo‘lingizda. Iltimos, toliblar bilan muzokaraga kirishing", — deyilgan videomurojaatda. Kingning so‘zlariga ko‘ra, aks holda toliblar asirlarni o‘ldirishi mumkin.

"King aks ettirilgan video uning tirikligining yagona isboti bo‘lib qolmoqda. U 2016-yilning avgustida bedarak yo‘qolgan edi", — deb xabar qilgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0